Xo‘jalikni rivojlantirish ko‘pincha bino va inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, texnika va uskunalar xarid qilish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash uchun katta miqdorda mablag‘ talab qiladi. Bunda ushbu xarajatlarning bir qismini Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokida amalga oshirilayotgan hamda Yevropa Ittifoqi ko‘magida taqdim etilayotgan “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi doirasidagi grant mablag‘lari hisobidan qoplash mumkin.
Grant ko‘magi miqdori kredit summasining 40 foizigacha bo‘lishi mumkin. Bu xo‘jalikning moliyaviy yukini sezilarli darajada kamaytirish va barqaror chorvachilikni rivojlantirish uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga imkon beradi.
Bu qanday ishlaydi?
Qo‘llab-quvvatlash mexanizmi birgalikda moliyalashtirish tamoyiliga asoslangan. Dastlab tadbirkor “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi doirasida ajratiladigan kredit mablag‘lari hisobiga iqlim barqarorligini ta’minlaydigan loyihani amalga oshiradi. Inshoot yoki uskunalar foydalanishga topshirilgach, tadbirkor dastur shartlariga muvofiq qilingan xarajatlarning bir qismini qoplaydigan grant mablag‘ini olish huquqiga ega bo‘ladi.
Milliy darajada dastur ijrosini O‘zbekiston Respublikasi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi FTA “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasini amalga oshirish guruhi muvofiqlashtirib boradi.
Grant olish uchun arizalar 2028-yil 31-martga qadar qabul qilinadi. Shu bilan birga, kredit olish uchun arizalarni topshirish muddati 2027-yil 30-iyungacha qilib belgilangan. Bu bo‘lajak ishtirokchilarga dastur shartlari bilan oldindan tanishish, zarur hujjatlarni tayyorlash va kredit hamda grant ko‘magini olish uchun o‘z vaqtida murojaat qilish imkonini beradi.
Grant miqdori va moliyalashtirish shartlari
Kredit summasi milliy valyutada 100 000 yevro ekvivalentidan oshmagan taqdirda, ob’yekt foydalanishga topshirilgach, qarz oluvchi olingan kredit summasining 40 foizigacha bo‘lgan miqdorda grant kompensatsiyasini olishi mumkin.
Grant ko‘magidan tashqari, dasturda imtiyozli kreditlash shartlari ham ko‘zda tutilgan: kredit muddati 3 yilgacha bo‘lgan imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda 10 yilgacha belgilanishi mumkin. Bunday yondashuv ayniqsa chorvachilik sohasidagi loyihalar uchun g‘oyat muhimdir, chunki bu tarmoqqa kiritilgan sarmoyalar katta dastlabki xarajatlarni talab etadi, bosqichma-bosqich o‘zini oqlaydi va uzoq muddatli moliyaviy rejalashtirishni shart qilib qo‘yadi.
Grant olish uchun kredit qanday maqsadlarda ajratilishi mumkin?
Moliyaviy qo‘llab-quvvatlov dasturning iqlimga oid talablariga javob beradigan hamda atrof-muhit va iqlimga sezilarli salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan loyihalarga ajratilishi mumkin:
Bunda muayyan loyihaning iqlim talablariga muvofiqligi belgilangan mezonlar va baholash tartib-taomillariga muvofiq aniqlanadi.
Kimlar ariza berishi mumkin?
Loyiha doirasida kredit olgan va quyidagi shakllardan birida ro‘yxatdan o‘tganlar grant olish huquqiga ega:
MCHJlarga alohida talab mavjud: grant olish uchun (kredit olingan paytda) jamiyat ta’sis hujjatlarida ustav kapitalidagi ulushning kamida 50 foizi yuqorida ko‘rsatilgan shaxslardan biriga — dehqon yoki tomorqa xo‘jaligiga, yakka tartibdagi tadbirkorga yoki oilaviy korxonaga tegishli ekani ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash
Agar loyiha, yoshidan qat’i nazar, ayol kishi yoki 24 yoshgacha bo‘lgan erkak tomonidan yo‘lga qo‘yilsa, grant yordami miqdori oshiriladi: standart 30 foiz o‘rniga olingan kredit summasining 40 foizigacha olish imkoniyati beriladi.
Shu tariqa, dasturda ayollar va yosh tadbirkorlar uchun qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlov choralari ko‘zda tutilgan. Bu ularni chorvachilik sohasidagi biznesga kengroq jalb etishga hamda ularning investisiya resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Qanday holatlarda grant berilmaydi?
Grant ko‘magi quyidagi holatlarda ajratilmaydi:
Grant qanday imkoniyatlar beradi?
Grant yordami loyihaning haqiqiy xarajatlarini kamaytirishga va xo‘jalikka tushadigan moliyaviy yukni yengillatishga xizmat qiladi. Grant mablag‘lari kreditning bir qismini yopishga, shuningdek, dastur shartlariga muvofiq, xo‘jalikni yanada modernizatsiya qilish, qo‘shimcha uskunalar xarid qilish, infratuzilmani yaxshilash va ishlab chiqarishni kengaytirishga yo‘naltirilishi mumkin.
Kichik va o‘rta xo‘jaliklar uchun bunday qo‘llab-quvvatlov qo‘shimcha moliyalashtirishsiz bir necha yilga kechiktirilishi mumkin bo‘lgan loyihalarni amalga oshirishda muhim omil bo‘lishi mumkin.
Qayerga murojaat qilish mumkin?
Agar sizda loyiha doirasida olingan kredit bo‘lsa yoki uni olishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz hamda holatingiz grant shartlariga mos kelish-kelmasligini bilmoqchi bo‘lsangiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilishingiz mumkin.
Grant masalalari bo‘yicha
Telefon: +998 90 926 03 30
Mas’ul shaxs: Jo‘rabek Narqulov
Kredit masalalari bo‘yicha
Telefon: +998 90 951 31 18
Mas’ul shaxs: Umirbek Abdullayev
Manzil: Toshkent shahri, Qo‘shbegi ko‘chasi, 22-uy.