Grant qo'llab-quvvatlashi

Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokidagi “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi doirasida Yevropa Ittifoqi ko‘magi asosida GRANT mablag‘larini amalga oshirilishi

Grant loyihasi haqida: FTA loyihasi doirasida Yevropa ittifoqining Grant  mablag‘lari taqdim etiladi.

Loyiha tashabbuskori: Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi

Grant loyihasining amal qilish muddati: 2028-yil 31-martga qadar

Grant mablag‘ining ajratish tartibi va grant miqdori:

Asosiy shart: Loyiha doirasida 100 ming yevro miqdorigacha (so‘m ekvivalentida) kredit olgan xo‘jalik yurituvchi subyektlariga loyiha ishga tushgandan so‘ng, olgan kreditning 40 foizigacha bo‘lgan qismi grant sifatida qaytarib beriladi.

Ma’lumot uchun: Loyiha doirasida kreditlar 10 yil muddatgacha bo‘lgan uzoq muddatga (3 yillik imtiyozli davr bilan) ajratilmoqda.

Bu o‘z o‘rnida loyiha doirasida ishtirok etuvchi chorvachilik sohasida tadbirkorlarni valyuta xatarlaridan himoya qiladi va biznesini barqaror rejalashtirish imkonini beradi.

Mablag‘lardan foydalanish yo‘nalishi: Ushba loyiha asosan iqlimga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan sub-loyihalar moliyalashtirish maqsad qilingan.

(ya’ni Grant mablag‘lari, sutni qayta ishlash, go‘shtni qayta ishlash, ozuqa yemi (chorva uchun) ishlab chiqarish, baliqchilikni rivojlantirish, (intensiv usuldagi baliqchilik loyihasi), molxonalarni, tovuqxonalarni (yog‘och, xususan devor qoplamasi yoki duradgorlik ramkalari) foydalanilgan holda zamonaviy rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki yangi qurish, tuxum yo‘nalishida parranda tashkil qilish  asalarichilik faoliyatini rivojlantirish, chorvachilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jaliklariga quyosh panellari o‘rnatish, chorvachilik yerlarini tomchilab sug‘orish texnologiyalarini joriy etish, ozuqa mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun qishloq xo‘jaligi texnikalariga, qo‘shimcha agregatlar, agarda chorva xo‘jaliklarining motorli texnikalari eski (15 yil oldin ishlab chiqarilgan bo‘lsa) ularni yangisiga almashtirish kabi va boshqa chorvachilik sohasidagi iqlimga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan loyihalarga  grant mablag‘larini ajratishga qaratilgan.

Loyiha doirasida quyidagi mulkchilik shaklldagi kredit olgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar grant olishi huquqiga ega bo‘ladi:

  • Dehqon xo‘jaligi
  • Tomorqa xo‘jaligi
  • Yakka tartibdagi tadbirkor
  • Oilaviy korxona
  • Fermer xo‘jaligi
  • Mas’uliyati cheklangan jamiyati
  • Qishloq xo‘jaligi kooperativlari

Muhim shart: Grant malag‘larini olinishda kredit olgan faqat mas’uliyati cheklangan jamiyati uchun ta’sis xujjatlariga o‘zgartirish kiritilishi talab etiladi (ya’ni ta’sis hujjatlariga yuqoridagi, chorvachilik faoliyati bilan shug‘ullananuvchi dehqon xo‘jaligi, tomorqa xo‘jaligi, yakka tartibdagi tadbirkor, oilaviy korxonalardan biri jamiyat ta’sischining kamida 50 foiz miqdorida egalik qilishlari talab etiladi).

Qo‘shimcha talablar: Hukumatimiz tomonidan ayollar va yoshlarni qo‘llab quvvatlash, ularga imtiyozli kredit mablag‘larini ajratishda keng imkoniyatlar yaratish maqsadida, umumiy holatda tadbirkorlar loyiha doirasida olgan kreditining 30 foizgacha bo‘lgan qismi uchun grant mablag‘lari ajratilishi ko‘zda tutilgan bo‘lsa, agarda loyiha tashabbuskori ayol yoki
24 yoshdan oshmagan bo‘lgan erkak kishi bo‘lsa, unda yana qo‘shimcha (10 foiz) ya’ni olgan kreditining 40 foizigacha qismi uchun grant mablag‘lari ajratilishi belgilangan.

 Grant mablag‘lari quyidagi hollarda ajratilmaydi: 

  • Loyiha doirasida kredit hisobiga kavsh qaytaruvchi (yirik va mayda shoxli) chorva mollari sotib olgan bo‘lsa;
  • Mijozning kredit bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lsa;
  • Loyiha maqsadli ishlatilmagan bo‘lsa;
  • Loyihani amalga oshirishda kredit to‘liq aylanma mablag‘larga olingan bo‘lsa;
  • Shuningdek, grant loyihasi xususiyatidan kelib chiqib, Loyihani amalga oshirish guruhi tomonidan boshqa zaruriy hujjatlar ham talab etilishi mumkin.

Grantning afzalliklari

  • Kredit yukini qisman kamaytirish;
  • Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatini rivojlantirish imkoniyatini kengaytirish;
  • Loyiha doirasida ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish;
  • Ayol va yosh tadbirkorlarni qo‘shimcha rag‘batlantirish.

Aloqa uchun

Ishonch telefoni: +998 90 926 03 30
Mas’ul shaxs: Jo‘rabek Narkulov

Ofis manzili: O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Kushbegi ko‘chasi, 22-uy