Fransiya taraqqiyot agentligi ISHTIROKIDAGI “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi
Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi 84-sonli qarori asosida.
Chorvachilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalarni moliyalashtirish uchun quyidagi sohalarga kredit mablag‘lari ajratiladi.:
- Kavsh qaytaruvchi (yirik va mayda shoxli qoramollar, ot, tuya, echki) hayvonlar;
- Parrandachilik;
- Baliqchilik;
- Asalarichilik;
- Quyonchilik;
- Chorvachilik yerlarini tomchilab sug‘orish texnologiyalarini joriy etish;
- Tovuqxonalarni (yog‘och, xususan devor qoplamasi yoki duradgorlik ramkalari) foydalanilgan holda zamonaviy rekonstruksiya qilish, kengaytirish yoki yangi qurish;
- Chorvachilik faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan xo‘jaliklariga quyosh panellari o‘rnatish;
- Ozuqa yemi (chorva uchun) ishlab chiqarish;
- Sutni qayta ishlash;
- Go‘shtni qayta ishlash;
- Chorvachilik mahsulotlarini qayta ishlash, qadoqlash va saqlash;
- Veterinariya xizmati bilan bog‘liq bo‘lgan uskunalar (tovarlar) sotib olish va xizmatlar ko‘rsatish;
- Chorvachilik sohasidagi loyihalarni aylanma mablag‘lar bilan to‘ldirish.
- Chorvachilikni rivojlantirish uchun talab etiladigan qishloq xo‘jaligi texnikasi, texnologiya (chorva mollari uchun ozuqalar) va asbob-uskunalar;
- Chorvachilik sohasiga bog‘liq boshqa yo‘nalishlar (suvni va energiya tejaydigan texnologiyalar sotib olish).
Loyiha hududi:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda amalga oshiriladi.
FTA loyihasi doirasida ishtirok etuvchi tijorat banklariga ajratilgan resurslar
- Xalq banki – 40,0 mln. Yevro
- Mikrokredit bank – 27,0 mln. Yevro
- Biznesni rivojlantirish banki – 12,9 mln. Yevro
- Hamkorbank – 10,0 mln. Yevro
Kredit liniyasining jami qiymati 89,9 mln. Yevro tashkil etadi.
Kredit mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasida (so‘mda) beriladi.
Yillik foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankning asosiy (joriy foiz) stavkasini tashkil etadi.
Kredit mablag‘lari ikkita liniyadan iborat:
- 1-kredit liniyasi 65,9 mln. Yevro.
- 2-kredit liniyasi 24,0 mln. Yevro.
Shundan, har bir mijoz uchun maksimal kredit miqdori:
- 1-kredit liniyasidan – 1,0 mln. Yevro ekvivalentigacha so‘mda.
- 2-kredit liniyasidan – 100 ming Yevro ekvivalentigacha bo‘lgan miqdorda so‘mda ajratiladi.
Loyiha tashabbuskori.
Xususiy tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes korxonalari, dehqon va tomorqa xo‘jaliklari, fermer xo‘jaliklari, oilaviy korxonalar, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarni o‘z ichiga oladi.
Loyiha tashabbuskorlari tomonidan kredit mablag‘larini rasmiylashtirish uchun quyidagi hujjatlar tijorat banklariga taqdim etiladi:
- Kredit olish to‘g‘risida ariza;
- Korxona ta’sis hujjatlari va guvohnomasi;
- Loyihaning ekologik ekspertizasi (tuman tabiatni muhofaza qilish bo‘limi);
- Loyihaning atrof-muhitga ta’sir to‘g‘risidagi baholash loyihasi (ZVOS);
- Korxonaning Buxgalteriya balansi va moliyaviy hisoboti (nusxa);
- Tovarlar, xizmatlarni xarid qilish bo‘yicha xorijiy (mahalliy) hamkorlar bilan imzolangan shartnoma (nusxa);
- Xarid qilinadigan tovar va xizmatlar bo‘yicha kamida 3 ta tijorat taklifi;
- Loyihaning Biznes-rejasi;
- Garov ta’minoti (kredit summasining 125%dan kam bo‘lmagan miqdorda);
- Yer va mulkga egalik huquqini tasdiqlovchi hujjatlar (Hokim qarori/ijara shartnomasi);
- Maishiy/sanoat, qattiq va suyuq, chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha shartnomalar;
- Suvdan foydalanish uchun ruxsatnoma, skvajina burg‘ulash uchun ruxsatnoma yoki shartnomalar.
- Loyiha xususiyatidan kelib chiqib, tijorat banklari tomonidan boshqa zaruriy hujjatlar ham talab etilishi mumkin.
Kredit olish tartibi:
- Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik korxonalari, fermer va dehqon xo‘jaliklari yoki tadbirkor tijorat banklarining hududiy filialiga kredit olish uchun tegishli hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.
- Tijorat bankining hududiy filiali (tuman yoki viloyat) topshirilgan hujjatlar to‘plamini o‘rganib chiqib, ularni bankning Kredit qo‘mitasi tomonidan ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi uchun Bosh ofisiga yuboradi.
- Bosh bank Kredit qo‘mitasining ijobiy xulosasidan so‘ng loyihani moliyalashtirish uchun Qo‘mitaning Loyihani amalga oshirish guruhi(LAOG)ga tegishli hujjatlar to‘plamini taqdim etadi.
- LAOG tijorat banklari tomonidan kiritilgan hujjatlar to‘plamini Fransiya taraqqiyot agentligi talablariga muvofiqligini o‘rganib chiqib, ijobiy xulosa berilgandan so‘ng, LAOG loyihani moliyalashtirish uchun tijorat bankiga rozilik beradi.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun murojaat qiling:
Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi huzuridagi Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokida amalga oshirilayotgan «Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish» loyihasini amalga oshirish guruhi.
Manzil:
Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi, 22-uy
Tel.:+998-90-951-31-18, +998-90-926-03-30