O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi iqtisodiyotning shunchaki tarmog‘i emas, balki oziq-ovqat xavfsizligi va millionlab odamlarni ish bilan ta’minlashning asosidir. Unda mamlakatni sut, go‘sht va boshqa mahsulotlar bilan ta’minlaydigan chorvachilik alohida o‘rin tutadi.
Lekin bugungi kunda soha jiddiy transformatsiya bosqichida turibdi. Suv resurslarining cheklanganligi, yerlarning degradatsiyasi, yem-xashak narxining oshishi va iqlim o‘zgarishi ta’sirining kuchayishi yangi yondashuvlarni talab qilmoqda. An’anaviy xo‘jalik yuritish modellari o‘z o‘rnini yanada texnologik va barqaror yechimlarga bo‘shatib bermoqda.
Aynan shu nuqtayi nazardan Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ko‘magida sohani tizimli yangilashga qaratilgan «Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish» loyihasi amalga oshirilmoqda.
Yangicha yondashuv
Zamonaviy ekologik chorvachilik sodda, ammo prinsipial muhim yondashuv asosida quriladi: atrof-muhitga yukni kamaytirgan holda mahsuldorlikni oshirish. Gap nafaqat ekologiya, balki iqtisodiyot haqida ham bormoqda: fermer kamroq suv, ozuqa va energiya sarflab, ko‘proq mahsulot oladi.
FTA loyihasi moliyaviy vositalar, texnologiyalar va amaliy yordamni birlashtirib, xo‘jaliklarga ushbu modelga o‘tishga yordam beradi.
Suv asosiy resurs sifatida
O‘zbekiston suv tanqisligi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi, shuning uchun suvdan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Loyiha doirasida quyidagilar joriy etiladi:
Natijalar qisqa muddatli istiqbolda ham ko‘zga tashlanadi: xo‘jaliklar suv sarfini 40-60 foizga qisqartirishi, shu bilan birga, ozuqa ekinlari hosildorligini 20-30 foizga oshirishi mumkin. Bundan tashqari, tuproqlarning sho‘rlanish darajasi pasayadi, bu esa ularning uzoq muddatli mahsuldorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Ozuqa: xarajatlarni kamaytirish va sifatni yaxshilash
Chorvachilikda mahsulot tannarxining 70% gacha qismi yem-xashakka to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ozuqa ishlab chiqarish samaradorligini oshirish barqarorlikning asosiy omilidir.
FTA loyihasi quyidagilarni qo‘llab-quvvatlaydi:
Bu ozuqa xarajatlarini sezilarli darajada – o‘rtacha 20-30% ga kamaytirish, shu bilan birga hayvonlarning mahsuldorligini oshirish va mavsumiy o‘zgarishlarga bog‘liqligini kamaytirish imkonini beradi. Natijada fermerlar nafaqat tejamkorlikka, balki yanada barqaror ishlab chiqarishga, shuningdek, sut va go‘sht sifatining yaxshilanishiga ham erishadilar.
Chiqindilar resurs sifatida
Chorvachilik chiqindilari an’anaviy ravishda ekologik muammo hisoblanadi. Ammo zamonaviy texnologiyalar ularni energiya va o‘g‘it manbaiga aylantirmoqda.
Yechimlar orasida:
Bunday yechimlarni joriy etish kompleks samara beradi: issiqxona gazlari chiqindilari kamayadi, shu bilan birga, o‘zimizda elektr va issiqlik energiyasini ishlab chiqarish imkoniyati paydo bo‘ladi, shuningdek, o‘g‘itlar va energiya resurslari xarajatlari qisqaradi. Masalan, biogaz qurilmalari o‘rtacha 3-5 yilda o‘zini qoplaydi va energiya xarajatlarini 30 foizgacha kamaytirish imkonini beradi.
Yaylovlarni tiklash
Mamlakatdagi yaylovlarning 30-40 foizigacha degradatsiyaga uchragan bo‘lib, bu soha mahsuldorligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Yechimlar quyidagilardan iborat:
Natijada yerlarning mahsuldorligi oshadi, eroziya darajasi pasayadi va ekotizim asta-sekin tiklanib, yaylovlarning uzoq muddatli barqarorligini ta’minlaydi.
Raqamlashtirish va aniq chorvachilik
Texnologiyalar zamonaviy fermaning muhim qismiga aylanmoqda. Loyiha doirasida quyidagilar joriy etiladi:
Bu hayvonlarning nobud bo‘lishini kamaytirish, ularning mahsuldorligini oshirish va shu bilan birga xarajatlarni aniqroq boshqarish, ishlab chiqarishni yanada samarali va barqaror qilish imkonini beradi.
Hayvonlar qulayligi
Zamonaviy fermalar nafaqat texnologiyalarga, balki hayvonlarni saqlash sharoitlariga ham e’tibor qaratmoqda. Asosiy elementlar:
Natijada, hayvonlarning mahsuldorligi 20-25% ga oshishi mumkin, kasallik darajasi pasayadi, bu esa xo‘jalikning barqarorligi va samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi.
Moliyalashtirish
Investitsiyalardan foydalanish imkoniyatisiz qishloq xo‘jaligini rivojlantirish mumkin emas. FTA loyihasi fermerlarga quyidagilar orqali ushbu to‘siqni yengib o‘tishga yordam beradi:
Bu barqaror modellarga o‘tishni tezlashtiradi va fermerlar uchun zamonaviy yechimlarni taqdim etadi.
Kompleks ta’sir va rivojlanish istiqbollari
Loyiha natijalari bir vaqtning o‘zida bir necha darajada namoyon bo‘ladi. Ekologik nuqtayi nazardan suv sarfi kamayadi, chiqindilar kamayadi, yer resurslari asta-sekin tiklanadi. Iqtisodiy samara fermerlar daromadining o‘sishi, xarajatlarning kamayishi va xo‘jaliklar barqarorligining oshishi bilan ifodalanadi. Ijtimoiy jihatdan bu yangi ish o‘rinlarini yaratadi va qishloq joylarda hayot sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Shu bilan birga, kelajak uchun zamin yaratilmoqda: yaqin yillarda «aqlli fermalar» sonining ko‘payishi, suvni tejaydigan texnologiyalarning faol joriy etilishi va biogaz yechimlarining rivojlanishi kutilmoqda. Bugungi kunda FTA loyihasi kengaytirilishi mumkin bo‘lgan barqaror chorvachilik modelini namoyish etmoqda.