Farg‘ona viloyatida fermer xo‘jaliklari mutaxassislari uchun tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari bo‘lib o‘tmoqda.
Mazkur kurs Fransiya taraqqiyot agentligi ishtirokidagi “Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish” loyihasi hamda Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Kurslar davomida ishtirokchilarga chorvani oziqlantirish, parvarishlash, hayvonlarni saqlash va ularning farovonligini ta’minlash bo‘yicha nazariy bilimlar taqdim etiladi. Mashg‘ulotlar tajribali mutaxassislar tomonidan interaktiv shaklda olib borilmoqda.
Kurs ishtirokchilari berilgan bilimlarni amaliy jihatdan muhim deb baholamoqda. Ularning fikricha, samarali ozuqa va to‘g‘ri parvarish bo‘yicha olingan ma’lumotlar chorva mahsuldorligini oshirishga yordam beradi.

Kurslar davomida hayvonlar salomatligi, kasalliklarning oldini olish, sog‘ish usullari va gigiyenasi hamda birinchi yordam mavzularida nazariy va amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
Mazkur tashabbus fermerlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sohada samaradorlikni kuchaytirish hamda zamonaviy yondashuvlarni joriy etishga qaratilgan.
O‘quv kurslari 3 kun: 30 apreldan 2 maygacha davom etadi.
Bizni tarmoqlarda kuzatib boring.