Chorvachilikda grant ko‘magi: mexanizm qanday ishlaydi?

Chop etildi 26.03.2026

«Chorvachilik sohasini barqaror rivojlantirishni moliyalashtirish» loyihasi doirasida Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokida grant ajratish mexanizmi joriy etilmoqda. Ushbu tashabbus tadbirkorlarning moliyaviy yukini kamaytirish hamda tarmoqqa barqaror investitsiyalarni jalb qilishni rag‘batlantirishga qaratilgan.

Grant ajratishning asosiy shartlari

Grant subsidiyasi ajratiladigan kredit bilan bog‘liq holda taqdim etiladi va loyiha ko‘rsatkichlariga qarab belgilanadi:

  • subsidya miqdori — kredit summasining 40 foizigacha;
  • kreditning eng yuqori miqdori — 100 ming yevrogacha;
  • dasturning amal qilish muddati — 2028 yil 31 martgacha;
  • grant miqdori — tadbirkorning loyihadagi shaxsiy ulushiga bog‘liq.

Mazkur mablag‘lar chorvachilikni rivojlantirish, jumladan, uskuna xarid qilish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etishga yo‘naltirilishi mumkin.

Grantni kimlar olishi mumkin?

Quyidagi subyektlar grant oluvchi bo‘lishlari mumkin:

  • fermer va dehqon xo‘jaliklari;
  • yakkatartibdagi tadbirkorlar;
  • oilaviy korxonalar;
  • qishloq xo‘jaligi kooperativlari va MChJlar (belgilangan ishtirok tartibiga rioya qilingan holda).

Kreditlar bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikning mavjud emasligi grant ajratishning majburiy sharti hisoblanadi.

Grant olish bosqichlari

Grant ko‘magi kredit olinganidan va loyiha to‘liq amalga oshirilganidan so‘ng taqdim etiladi:

  1. kredit rasmiylashtirish;
  2. kredit mablag‘lari hisobiga zarur uskuna sotib olish yoki loyihani ishga tushirish;
  3. grant olish uchun ariza topshirish;
  4. loyihani himoya qilish;
  5. shartnomani imzolash;
  6. mablag‘larni olish;
  7. hisobot topshirish va loyiha ijrosini nazorat qilish.

Dasturning afzalliklari

Grant mexanizmi xarajatlarning bir qismini qoplash, pul oqimini yaxshilash hamda moliyaviy xatarlarni kamaytirish imkonini beradi. Yosh tadbirkorlar uchun esa alohida qo‘shimcha imtiyozlar ko‘zda tutilgan.

Shu tariqa, grant va kreditning o‘zaro mutanosibligi chorvachilik sarmoyadorlari uchun mustahkam moliyaviy poydevor yaratadi.