Bugungi kunda O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi nafaqat mamlakat iqtisodiyotining ustuni, balki global iqlim o‘zgarishlariga moslashish va texnologik yangilanishlar markaziga aylanmoqda. Fransiya taraqqiyot agentligi (FTA) ishtirokidagi loyihalar doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar fermerlarimizga hosildorlikni oshirish bilan birga, xalqaro bozorlarda ham o‘z o‘rnini topish imkonini bermoqda. Biroq bu imkoniyatlardan to‘liq foydalanish yo‘lida ma’lum to‘siqlar ham yo‘q emas.
Ekologik muammolar va iqlim o‘zgarishlariga moslashish
O‘zbekiston fermerlari suv tanqisligi, tuproqning sho‘rlanishi va eroziyasi kabi ekologik muammolarga duch kelmoqda. Bu boradagi asosiy to‘siqlardan biri esa agrar sektorda yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish va amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalarining yetishmasligidir. Bu to‘siqni bartaraf etish maksadida intyeraktiv mashg‘ulotlar o‘tkazilib, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) va sun’iy intellektni o‘rganishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shuningdek, organik mahsulot yetishtirish sohasida fermerlarning malakasini oshirish, Global G.A.P., Halal, GAEP kabi xalqaro standartlar bo‘yicha tajriba va huquqiy asoslarni o‘rgatish masalalariga alohida urg‘u berilmoqda.
Energiya va suv tejamkorligi
Oxirgi besh yil ichida iqlim o‘zgarishi sababli ekin ekish grafiklari va ekin turlarini tanlashda katta o‘zgarishlar yuz berdi. Endilikda “yashil” texnologiyalar — tomchilatib sug‘orish, lazerli yer tekislash va gidroponika kabi usullar O‘zbekiston uchun “oltin standart”ga aylandi.
Innovatsiyalar faqat suv bilan cheklanib qolmay, muqobil energiya manbalariga ham ko‘chmoqda. Chekka hududlardagi sug‘orish tizimlarida quyosh va shamol generatorlaridan foydalanish jadallashmoqda.
Raqamlar ham yuqoridagi fikrni tasdiqlaydi: 2026-yilning 1- aprel holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 92 mingta fyermer xo‘jaligi faoliyat yuritayotgan bo‘lib, ularning katta qismi aynan shunday resurstejamkor texnologiyalarni joriy eta boshlagan.
Iqtisodiy samaradorlik va eksport
Ko‘pchilikni bir savol qiziqtiradi: bu texnologiyalar o‘zini necha yilda qoplaydi? Hisob-kitoblarga ko‘ra:
Bundan tashqari, ekologik texnologiyalar eksport bozorlariga chiqish uchun asosiy kalit hisoblanadi. Xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan mahsulotlar jahon bozorida yuqori baholanadi va raqobatbardosh bo‘la oladi.
Raqamli yechimlar va ilmiy tahlil
Bugungi fermer faqat ketmon bilan emas, balki ilm bilan ham qurollangan bo‘lishi kerak. Tuproq va suvning kimyoviy tarkibini tahlil qilish, mineral o‘g‘itlar o‘rniga organik o‘g‘itlardan foydalanish odatiy holga aylanmoqda. Shuningdek, agromonitoring uchun mobil ilovalar va tuproq namligini o‘lchaydigan datchiklardan foydalanish bosqichma-bosqich kengaymoqda.
Yangi qonunchilik va kooperatsiya
Kichik fermer xo‘jaliklarining imkoniyatlarini birlashtirish maqsadida 2024-yil 8-noyabr kuni «Qishloq xo‘jaligi kooperativlari to‘g‘risida»gi Qonun imzolandi (2025-yil 12-fevraldan kuchga kirgan). Bu qonun kichik fermerlarga birlashib, yirik kreditlar olish, suvni tozalash tizimlari yoki qayta ishlash korxonalarini birgalikda barpo etish imkonini beradi.
FTA loyihasining roli
FTA loyihasi moliyaviy ko‘makni ilg‘or bilimlar bilan uyg‘unlashtirgan holda, fermerlarga bank talablariga mos professional biznes-rejalar ishlab chiqishda ko‘mak bermoqda. Bunday yondashuv innovasion “yashil” loyihalarni banklar uchun xavfsiz va istiqbolli investisiya aktivi sifatida ko‘rsatish imkonini beradi.
Byudjeti cheklangan, lekin o‘z xo‘jaligini barqaror qilmoqchi bo‘lgan fermerlarga mutaxassislar grant mablag‘lari va qaytarilmaydigan subsidiyalardan boshlashni tavsiya etmoqdalar.
Xulosa qilib aytganda, qishloq xo‘jaligida joriy etilayotgan “yashil” texnologiyalar, raqamli yechimlar va xalqaro standartlar sohaning samaradorligi va raqobatbardoshligini oshirmoqda.
Manba: O‘zbekiston fermerlari kengashi